G‘oyalar katalogi Yangiliklar

Toshkent shahar hokimining aholiga murojaati

Qadrli toshkentliklar!

Toshkentda shahar muhitini o‘zgartirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihani amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Ushbu loyiha islohotini sizning faol ishtirokingizsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shahar unda istiqomat qiluvchi har bir kishi uchun qulay bo‘lishi shart. Axir undagi aholi, avval ta’kidlab o‘tilganidek, balki shaharning asosiy qahramonlari, shaharning haqiqiy egalari hisoblanadi. Shuning uchun ham ular shaharning bugungi hamda ertangi qiyofasi qanday bo‘lishini belgilashadi

Biz shahrimizni yaxshi tomonga o‘zgartirish va rivojlantirish yo‘lida zo‘r berib mehnat qilmoqdamiz va shahrimiz aholisi Toshkentni qulay hamda zamonaviy qiyofada ko‘rishni istashini juda yaxshi bilamiz. Shu jihatdan men sizlarni Toshkentda amalga oshirilmoqchi bo‘lgan islohotlarning hammuallifi bo‘lishga hamda poytaxtimizda sizga aynan nima yetishmayotganini aytishga chorlayman. Sizga qanday bog‘lar kerak va bu bog‘larda siz nima bilan mashg‘ul bo‘lishni istardingiz? Transport bekatlari qanaqa bo‘lishi shart? Shahar ko‘chalari va markaziy ko‘chalarining qiyofasi, yurish uchun qulayligi sizni qoniqtiradimi? Avtomobil to‘xtash joylarining har taraflama qulayligini oshirish uchun nima qilish shart? Mulohazangizni bildirsangiz, biz uni, albatta inobatga olamiz.

Bizning bosh maqsad – poytaxtimizda amalga oshirilayotgan va amalga oshirilishi kutilayotgan o‘zgarishlardan hamshaharlarimizning mamnun yuzlarini ko‘rishdan iborat. Shu jihatdan har bir fikr chuqur o‘rganib, tahlil qilinadi. Siz bildirgan mulohaza – Toshkentning yorqin kelajagi uchun qo‘yilgan yetakchi qadam hisoblanadi. Har bir fikr biz uchun qimmatli, har bir insonning mulohazasini eshitamiz. Bilingki, Toshkent aholisi biz uchun nihoyatda qadrli va qadrdondir.

Jahongir Ortiqxo‘jayev

O‘Z TAKLIFINGIZ QO‘SHING VA BOSHQA FIKRNI KO‘RING

Fikringizni qo‘shing
Shahardagi muammo haqida xabar berishni yoki o‘z fikringizni qoldirish uchun “Fikr bildirish” tugmasini yoki xaritadagi kerakli joyni bosing.
Ovoz bering
“Layk”lar qo‘ying va shunda eng ommabop g‘oyalar hammaga ko‘rinadi. Shuningdek, toshkentliklarni muhokamaga jalb qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarda imkon qadar ko‘proq izoh qoldiring hamda g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashing.
Yangiliklarni kuzatib boring
Shaharda yuz berayotgan o‘zgarishlardan boxabar bo‘ling va “Yangiliklar” bo‘limida shaharliklar uchun mo‘ljallangan ilmiy uchrashuvlar va muhokamalar jadvalini kuzatib boring.